Olmaliq shahrida yashagan 51 yoshli ayol o‘tkir is gazidan zaharlanish ortidan yuzaga kelgan o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida uy egalari jo‘mrakdan qonli suv kelayotgani, bolalar kasal bo‘lib qolganidan shikoyat qildi. Hokimlikka ko‘ra, holat kushxonadagi oqova suv va ichimlik suvi quvuri teshilgani uchun qo‘shilib ketishi sababli kuzatilgan. Ichimlik suvi quvuri yangilanmoqda, deyiladi xabarda.
Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakni o‘zaro kelishmovchilik oqibatida pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda qurilayotgan 9 qavatli uyning tayanch ustunlari armaturalari ingichkaligi, ular orasidagi masofaning kattaligi hamda beton sifati pastligi aytilgan video tarqaldi. O‘zbekiston Qurilish vazirligi ish to‘xtatilgani, o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Olmaliq shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i deyilayotgan shaxs ayol kishiga qo‘l ko‘targani aytilmoqda. Holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
Olmaliq shahrida 36 kishi muzqaymoqdan zaharlanib, shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ulardan 31 nafariga ruhsat berilib, besh nafarining ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda. Bundan tashqari, huddi shu tashxis bilan yana 1Z nafar bemor tibbiyot birlashmasiga yotqizilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyatida yana YPX xodimi Malibu haydovchisiga protokol tuzmoqchi bo‘lganida, u haydovchining telefonida “xo‘jayin” bilan gaplashdi. Yakunda xodim haydovchini “ogohlantirib”, qo‘yib yubordi. Mazkur jarayon Toshkent telekanali efirida uzatilgan.
Olmaliq hokimining birinchi o‘rinbosari homilador xodimasini «dekret»ga chiqarmaslik uchun uni ishdan bo‘shatishga urinayotgani aytilmoqda. Tahririyatga yuborilgan audiolarda u Mehnat kodeksining 100-moddasi bilan bo‘shatishini aytib, tahdid qilgani aks etgan. Ayol prezident va Senat raisiga murojaat bilan chiqdi. «Gazeta.uz» surishtiruvi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting